Mirzo-Ulug`bek tumani ichki ishlar organlariga 37 yoshli Ilhom N. ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning iyun oyida erto`lada shlagbaum o`rnatib berishini va`da qilganini ma`lum qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Buning uchun 500 AQSh dollari olib, va`dasiga xilof ravishda pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davomida gumonlanuvchi - 36 yoshli Bobir S. qo`lga olindi. Tergov tadbirlari davom etmoqda.






