Tolibon ilk matbuot anjumanini o`tkazdi. Unda repressiyaga yo`l qo`yilmasligi va ayollar huquqi kafolatlari tilga olindi.
Matbuot anjumanida Tolibon matbuot kotibi Zabihullo Mujohid ishtirok etdi.
— Xalqaro hamjamiyatni ishontirib aytamanki, xech kimga ziyon etkazilmaydi;
— Xalqaro hamjamiyat bilan muammolar bizga kerak emas, ammo biz diniy qadriyatlarimiz asosida qaror qabul qilish huquqiga egamiz;
— Biz shariat qoidalariga mos keluvchi ayollar huquqlariga rioya qilish majburiyatini o`z zimmamizga olamiz, ular biz bilan elkama-elka mehnat qilishlari mumkin. Xech qanday diskriminasiyaga yo`l qo`yilmaydi;
— Bizning madaniy qadriyatlarimiz doirasidagi Ommaviy axborot vositalarini hurmat qilamiz. Xususiy OAV bemalol o`z faoliyatlarini mustaqil va erkin tarzda davom ettirishlari mumkin. Ammo mamlakatimizdagi Islom dinining katta ta`siri tufayli diniy qadriyatlarimiz hisobga olinishi shart;
— Biz xatolarimizni tuzatishimiz uchun OAV xolisligi, tanqidi juda muhim, ammo ular bizga qarshi ish olib bormasliklari shart.






