AsosiyJinoyat

Qo`shtepa tumanida o`qishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holatiga chek qo`yildi

'Qo`shtepa tumanida o`qishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo`shtepa tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro M.S. fuqarolar M. va T.ni tanishlari orqali Qirg`iziston Respublikasi, Botken davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga jami 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar