AsosiyJinoyat

Qariyb 109 million so`mni o`zlashtirib olgan shirkat mas`ullarining kirdikorlari fosh bo`ldi

'Qariyb 109 million so`mni o`zlashtirib olgan shirkat mas`ullarining kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Qariyb 109 million so`mni o`zlashtirib olgan shirkat mas`ullarining kirdikorlari fosh bo`ldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.

 Yangihayot tuman bo`limi tomonidan  o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” uy joy mulkdorlari shirkati mas`ul shaxslari mulkdorlardan undirilgan jami 109,3 mln so`m majburiy badal to`lovlarini bank muassasasiga kirim qilmasdan, o`zlarining ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda. 

Boshqa yangiliklar