AsosiyJinoyat

Elbek Rahimovning qotillik tashkilotchisi yashiringan joyidan ushlangan. Qotillar ochiq sud qilinadi

'Elbek Rahimovning qotillik tashkilotchisi yashiringan joyidan ushlangan. Qotillar ochiq sud qilinadi'ning rasmi

Ayni payt Qarshi shahrida sport murabbiyi Elbek Rahimovning qotilligi yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda. Unda Oliy sud raisi Kozim Komilov, bosh prokuror Nig`matulla Yo`ldoshev va ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov qatnashmoqda.

Barcha so`zga chiqqanlar jinoyat bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar berishdi. Ichki ishlar vazirining aytishicha, jinoyatning tashkilotchisi hisoblangan Zuhriddin Boymirzaev 18 avgust kuni 17:05 da Chiroqchi tumanidagi yashiringan joyidan ushlangan. U jinoyat sodir etilgan kunda yashiringan. Ichki ishlar vaziri hozir barcha jinoyat ishtirokchilari qamoqqa olinganini ma`lum qildi.

Po`lat Bobojonovning aytishicha, jinoyat sodir etganlarning ikki nafari voyaga etmagan va jinoyat ishtirokchilarining deyali barchasi notinch oila farzandlari bo`lgan. Xususan, Boymirzaevning otasi o`z ukasining xotinini o`ldirib, qamoqda o`tirgani aytildi. Shuningdek, Boymirzaev qotillik tashkilotchisi bo`lgan boshqa bir yigit bilan bir uyda yashagan.

Bosh prokuror Yo`ldoshevning aytishicha, jinoyat sodir etilgan joydan pnevmatik to`pponcha o`qi topilgan. Shuningdek, gumanlanuvchilarning mashinasidan to`pponcha topilgan.

«Tergov ishlariga aralashishga hech kimning haqqi yo`q. Kim aybdor bo`ladi, men bilmayman. Lekin ularning ishi ochiq sudda ko`riladi va unda jurnalistu blogerlar bemalol qatnashishi mumkin bo`ladi», dedi Oliy sud raisi.

Bu ish bo`yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o`tkazilishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar