1

Valyuta ayriboshlash shahobchasidan 32 500 AQSh dollarini o`zlashtirgan bank nazoratchi-kassiri qo`lga olindi

Jinoyat 19.08.2021, 12:19
Valyuta ayriboshlash shahobchasidan 32 500 AQSh dollarini o`zlashtirgan bank nazoratchi-kassiri qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan “O`zsanoatqurilishbank” ATB ning murojaatiga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, bankning Sergeli filiali qoshidagi “O`zgarish bank xizmatlari markazi” nazoratchi-kassiri Yu.N. va bosh mutaxassisi M.Sh.lar joriy yilning 14-17 iyul kunlari markazning valyuta ayriboshlash shahobchasidan o`zlariga ishonib topshirilgan 32 500 AQSh dollarini olishga erishib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Yu.N. o`zlashtirgan mablag`larining bir qismini “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini sotib olish hamda yashash xonadonini ta`mirlash ishlariga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1