1

Quvada talabaning o`qishni ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 19.08.2021, 13:33
Quvada talabaning o`qishni ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. boshqa bir fuqaro M.ning farzandining o`qishini tanishlari orqali Qirg`iziston Respublikasining O`sh davlat universitetidan Farg`ona davlat universitetining ingliz tili fakultetiga ko`chirib berish evaziga 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1