AsosiyJinoyat

Zangiotada pandemiyada talab yuqori bo`lgan dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

'Zangiotada pandemiyada talab yuqori bo`lgan dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi  tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirish maqsadida, xorijda ishlab chiqarilgan 287 quti “Remdisivir-Rameda 100 mg Vial 20 ml” nomli dori vositalarini har bir qutisini 52 AQSh dollaridan hisoblab jami 14 924 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ushbu dori vositalarining umumiy bahosi 120 mln so`mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergoq harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar