Prezident Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Unda davlat rahbari temir yo`l tizimidagi monopoliyaga barham berish, jumladan, nemislarga ham “aql o`rgatadigan” amaldorlar haqida gapirdi.
"– Raqobat kirmasa, temiryo`l monopoliyasini topshirmaydi, sifati o`zgarmaydi, narxi kamaymaydi. 5 yil o`rgandik uni raqamlashtirish bo`yicha Germaniyadan odamlarni olib kelganman. Germaniyalarga ham bular bas keladi, temiryo`lchilar.
Ular kelib bizdan o`rgansin deydi bir-ikkita noinsoflar bor.
Prezident amaldorlarni dunyoqarashi o`zgarmasa, uni o`zini o`zgartirishga majbur bo`lishini ta`kidladi. Bunday amaldorlarga 1 yil sinov berdi.
" –E, kelmaydi, bizga xususiy sektorlar deganlar noto`g`ri gapiradi. O`zing tashkil qilasan. O`zing kredit olasan, o`zing banklarga yalinasan, ikkita, uchta xususiy sektorni kirgizsang, juda ko`p logistika katta-katta davlatlarda kompaniyalar bor, o`shalarni olib kelasan O`zbekistonga. Ular raqobatchi bo`lib kiradi. Keyin ular sani monopoliyangni yo`q qilish uchun arzonroq tezroq sifatli qilib, joy-joyiga olib beradigan vagondan tushirib o`zini mashinasida tadbirkorni «skladi»ga olib borib beradigan qiladi.
Qiladi dunyoda borku! A bizda faqat bu temiryo`l "jo`q" deyishni biladi. "Jo`q" deydi. Hamma narsa "jo`q". Bor bo`ladigan qilsang ishlaysan. "Jo`q" bo`lsa o`zing ham "jo`q" bo`lasan, tamom", dedi davlat rahbari.






