1

Qibray hokimligining sobiq xodimlari jinoyat ustida ushlandi

Jinoyat 21.08.2021, 10:25
Qibray hokimligining sobiq xodimlari jinoyat ustida ushlandi

17 avgust kuni IIVga fuqaro Ya.N. ariza bilan murojaat qilib, u o`z arizasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi «Abdurashid» va «Orif» ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar er maydonini sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N. ni nomiga rasmiylashtirib berishga va`da berib, evaziga 225.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma`lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda IIV JQBB KvaIJQKB ma`lum qildi.

Mazkur arizaga asosan, 18 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX Shayxontohur tumani bo`limi hamda IJQK Departamentining Shayxontohur tumani bo`limi xodimlari hamkorligida Toshkent shahar, Yunusobod tumani 19-mavzedagi «Qariyalar oromgohi» oldida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.O. ariza muallifi N.Yakubovadan talab qilingan 225.000 AQSh dollaridan 5.000 dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

A.O. bilan olib borilgan surishtiruv ishlar davomida u arizachi Ya.N. dan olgan 5.000 AQSh dollarini er egasi T.R.ga berishi kerakligini bildirganligi sababli tezkor tadbir davom ettirilib, 2021 yil 19 avgust kuni 2011-2018 yillar Qibray tuman Hokimiyatida mas`ul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M. lar Toshkent viloyati, Qibray tumani, O`tkir mahallasida A.O.dan 5.000 AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat bo`yicha, 19 avgust kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1