1

Ijaraga berilgan er maydonini 225 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 21.08.2021, 18:41
Ijaraga berilgan er maydonini 225 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo`limlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro O.A. Qibray tumani hududidan ijara shartnomasi asosida berilgan 7 gektar er maydonini boshqa bir fuqaro N.ga 225 000 AQSh dollariga firibgarlik yo`li bilan sotishga kelishib, oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, sheriklari M.A. va R.T.lar yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali er maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilib, O.A.dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1