AsosiyJinoyat

"Qasdi borligi uchun nachalnik milisiya o`g`limni qamoqqa oldi". IIB murojaat yuzasidan munosabat bildirdi

'"Qasdi borligi uchun nachalnik milisiya o`g`limni qamoqqa oldi". IIB murojaat yuzasidan munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "o`g`limdan qasti borligi uchun nachalnik milisiya o`g`limni qamoqqa oldi, adolatdanmi shu ishingiz" sarlavhasi ostidagi videomurojaat tarqaldi.Surxondaryo viloyati IIB mazkur voqeaga munosabat bildirdi. Denov tumani ichki ishlar bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma`lum bo`lgan.

2021 yil 9 avgust kuni soat 08:00 larda I.Suhrob jamoat joyi hisoblangan Denov shahar "Bog`inav" mahallasi hududidagi "N.Mirzaev" va "Mustaqillik" ko`chalari kesishmasida o`ziga oldindan tanish bo`lmagan K.Ma`ruf ismli shaxs bilan hech bir sababsiz janjallashib qolib, janjal vaqtida I.Suhrob qo`li bilan K.Ma`rufning yuz va burun sohasiga urib, unga tan jarohati etkazgan vaqtida shu erda jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarayotgan tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi tayanch punkti profilaktika inspektori yu.Sanjarbek uning bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko`rib, ularni ajratmoqchi bo`lganida I.Suhrob uni ham urib do`pposlab faol qarshilik ko`rsatib, bezorilik jinoyatini qasddan sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan, I.Suhrobga nisbatan O`zbekiston Rekspublikasi Jinoyat kodeksining 277-modda 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasida ko`rsatilgan asoslarga ko`ra ushlangan va unga ushbu modda bilan ayb e`lon qilinib, "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

"Ma`lumot uchun, I.Suhrob muqaddam 2020 yil 16 noyabrda Jinoyat ishlari bo`yicha Denov tuman sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan sudlanib, 200 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan va shundan o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan yana yuqorida ko`rsatilgan bezorilik jinoyatini sodir etganligi holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, I.Suhrob 2021 yil 9 avgust kuni jamoat joyida jinoyat sodir qilganligi sababli ichki ishlar organiga borishdan bo`yin tovlash maqsadida, o`zining avtomashinasida bo`lgan lezvie (soqol olish uchun mo`ljallangan britva) bilan chap bilak sohasini kesib, o`ziga tan jarohati etkazganligi holati bo`yicha, Denov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganligi ma`lum qilinadi va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi",— deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar