1

Samarqandda IIB xodimlari tomonidan 1 kilogramm 240 og`irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan ayol ushlandi

Jinoyat 23.08.2021, 10:58
Samarqandda IIB xodimlari tomonidan 1 kilogramm 240 og`irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan ayol ushlandi

21-avgust kuni Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan, Urgut tumani O`ramas mahallasida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, Urgut tumani “Mirzabog`lon-Chep” mahallasida yashovchi 1992-yilda tug`ilgan T.I. ismli ayol 18 ming AQSh dollari evaziga A. ismli shaxsga 1 kilogramm 240 og`irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Bundan tashqari, giyohvandlik moddasini qo`lga olingan shaxsga olib chiqishda yaqindan yordam bergan Sh.O. ham ushlandi.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1