1

Buxoroda o`g`rilikka qo`l urgan talabani seyfda qoldirgan barmoq izlari fosh etdi

Jinoyat 24.08.2021, 14:48
Buxoroda o`g`rilikka qo`l urgan talabani seyfda qoldirgan barmoq izlari fosh etdi

Qorako`l tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, 2021 yil 17 avgust kuni tuman IIBga 1940 yilda tug`ilgan, Qorako`l tumani Do`stlik mahallasida yashovchi nafaqadagi X.T. murojaat qilib, noma`lum shaxs uning yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida turgan temir seyf ichidan 13.000.000 so`m naqd pullari hamda “Nokia 105” rusumli qo`l telefonini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish jarayonida temir seyf yuzasidan olingan 6 ta qo`l barmoq izlari Buxoro viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo`limida barmoq izlari ustida kriminalistik tadqiqotlar o`tkazilgan.

Natijada 1 dona qo`l barmoq izi X.I. ismli shaxsning qo`l barmoq izlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasi asosida olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2000 yilda tug`ilgan Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti talabasi X.I. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etilib, gumon qilinuvchidan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchi X.I. ning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1