AsosiySport

Ayni daqiqalarda Paralimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tmoqda

'Ayni daqiqalarda Paralimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Ayni daqiqalarda Tokiodagi “Olimpiya” stadionida XVI yozgi Paralimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tmoqda.

Hozirgina O`zbekiston sport delegasiyasi “Olimpiya” stadioniga chiqib keldi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati. 

Unda O`zbekiston bayrog`ini Jahon chempioni Shahnoza Mirzaeva hamda para atlet Muhammad Rixsimovlar olib o`tishgan.

"Ertadan Tokioda Paralimpiya o`yinlari doirasidagi musobaqalar boshlanadi. Barcha atletlarimizga bo`lajak musobaqalarda omad tilaymiz", - deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar