1

Seriyali qotillikmi? Qarshida 19 joyidan pichoqlangan fuqaroning o`limi sportchi Elbek Rahimov vafotiga aloqasi borligi aytilmoqda

Jinoyat 24.08.2021, 20:03
Seriyali qotillikmi? Qarshida 19 joyidan pichoqlangan fuqaroning o`limi sportchi Elbek Rahimov vafotiga aloqasi borligi aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi tungi klublarning birida fuqaro 19 joyidan pichoqlanib, vafot etgani, voqeaning marhum sportchi Elbek Rahimov o`limiga aloqasi borligi haqida xabar tarqalgan edi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov vaziyatga aniqlik kiritdi. Bu haqda «Daryo» ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, fuqaroning vafotiga 19 joyidan pichoqlanishi sabab bo`lgani, shuningdek, marhum Elbek Rahimovning o`limiga aloqadorligi haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

«2021 yilning 23 avgust kuni soat 20:30 da fuqaro Sh.R. tanishi bilan Qarshi shahridagi Rubai lounge bar tungi klubiga ovqatlanish uchun borib, u erdagi boshqa bir mijozga ‘nega menga yomon qarayapsan’, deya uni klub hojatxonasiga olib kirib, qo`llari bilan ko`krak sohasiga mushtlab urayotgan bo`lgan. Buni ko`rgan klub ishchisi A.K. janjalning oldini olish maqsadida Sh.R.ni tinchlantirishga harakat qilgan. Biroq Sh.R. ularni ajratishga uringan A.K.ni itarib yuborgan. Klub ishchisi esa bar ustida turgan oshxona pichog`i bilan Sh.R.ning hayoti uchun xavfli bo`lgan chap ko`krak qismiga bir marotaba urib, unga tan jarohati etkazgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborot xizmati bergan ma`lumotda.

Qayd etilishicha, pichoqlangan Sh.R. olgan og`ir tan jarohati oqibatida shu kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yilning 24 avgust kuni Qarshi shahar prokurori tomonidan A.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1