1

Qishloq xo`jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag`ini talon-toroj qilgan MChJ mansabdorlarining kirdikorlari fosh bo`ldi

Jinoyat 25.08.2021, 12:35
Qishloq xo`jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag`ini talon-toroj qilgan MChJ mansabdorlarining kirdikorlari fosh bo`ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “N.” MChJ mansabdor shaxslari bank muassasasidan ajratilgan kredit hisobiga xarid qilingan 1 000 tonna kartoshka va 380 tonna piyoz mahsulotlarini sotuvidan tushgan mablag`ni kredit qarzdorligini so`ndirishga yo`naltirmasdan jami 2,5 mlrd so`mni o`zlarining ehtiyoji uchun ishlatib yuborib, go`yoki ushbu mahsulotlar yaroqsiz holga kelib qolganligini vaj qilib, qishloq xo`jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag`ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1