1

Olotda soxta o`t o`chiruvchi va mo`ri tozalovchilar aniqlandi

Jinoyat 25.08.2021, 18:25
Teglar: Buxoro IIV
Olotda soxta o`t o`chiruvchi va mo`ri tozalovchilar aniqlandi

Olot tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, noma`lum shaxslar tomonidan 2020-2021 yillar davomida tumanda yashovchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, dudburonlarini tozalash, o`t o`chirish xizmati ko`rsatish, elektr energiyasi tarmoqlarini ko`zdan kechirib, aholidan va ijtimoiy soha obektlaridan garchi biror-bir xizmat ko`rsatmagan bo`lsalar-da, xizmat ko`rsatganliklarini bildirib, 49 ta holatda 25.000 so`mdan pul mablag`larini yig`ib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganliklari bayon qilingan.

Mazkur holat yuzasidan noma`lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, kechiktirib bo`lmas tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Natijada ushbu jinoyatni, Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasida yashovchi, 1994-y.t. “Gaz va elektrdan maxsus nazorat” MChJ rahbari J.M. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu fuqaroning yana shu kabi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1