1

Namanganda shkafdan millionlarni o`margan shaxs ushlandi

Jinoyat 25.08.2021, 20:15
Namanganda shkafdan millionlarni o`margan shaxs ushlandi

23 avgust kuni, Norin tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 avgust kuni soat 05:00 dan soat 16:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida yashash uyida hech kim yo`qligidan foydalangan noma`lum shaxs, ochiq qolgan eshigi orqali kirib, xonadonida bo`lgan shkafdagi 6.000.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Norin tuman IIB JQB tezkor vakili, HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 avgust kuni O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1