AsosiyJinoyat

Qorako`lda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

'Qorako`lda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo`limi tomonidan elektr ta`minoti korxonasi (ETK) xodimlari bilan hamkorlikda  tadbir o`tkazildi.

Unda,  fuqaro D.X. Qorako`l tumanida joylashgan “X.” savdo korxonasiga qarashli binoga o`rnatilgan elektr hisoblagichni o`zboshimchalik bilan olib tashlab elektr energiyasidan foydalanganligi natijasida, hududiy ETK manfaatlariga 97,4 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur  holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar