Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on tobora o`z xayrixohlarini yo`qotayotgan bir paytda, Oq uyning o`ziga bo`lgan munosabati qandayligini bilish uning uchun hayot-mamot masalasi edi, deb yozadi “RIA Novosti” Al-Monitor nashriga asoslanib.
Bundan bir necha yil avval Erdo`g`onning g`arb mamlakatlari rahbarlari orasidagi obro`si yuqori edi. Biroq Turkiyada avtoritar tuzumning o`sishi va Anqaraning xalqaro maydondagi bemantiq xatti-harakati uni xush kelmaydigan mehmonga aylantirdi.
“Bu achchiq haqiqatni tan olmagan Erdo`g`on esa Barak Obama bilan uchrashuvi orqali o`zining hali ham obro`li, martabali rahbar ekanligini ko`rsatishga urinmoqda”,—deyiladi xabarda.
Erdo`g`onning Vashingtonga tashrifi yuzasidan vaziyat hali u sodir bo`lmasidanoq og`ir edi. U ikki mamlakat rahbarlarining uchrashishini so`rab Turkiya tomon murojaat etgach, yanada og`irlashdi va AQSh Turkiya uchun milliy g`urur timsoliga aylandi.
“Anqara prezidentning Obama bilan uchrashishga urinishi haqida ma`lum qilmaganida edi,Erdo`g`onning obro`siga bu darajada putur etmagan bo`lardi”,—deyiladi xabarda.
Obama esa uchrashuv haqidagi qarorni aytishni atayin kechiktirdi, bu esa turk siyosiy oppozisiyasida prezidentga nisbatan ishonchning susayishiga sabab bo`ldi.
Natijada esa Erdo`g`on o`zi va davlatini kulgu ostiga qo`ydi. U Turkiya o`z fuqarolariga so`z erkinligini ta`minlashini aytib turgan bir paytda qo`riqchilari Erdo`g`onga qarshi chiqqan ommaga nisbatan qo`pol munosabatda bo`ldi.
Erdo`g`on o`zining AQShga tashrifi chog`ida Obama bilan suratga tushishga muvaffaq bo`ldi, biroq Turkiya uchun muhim hisoblangan muammolarni muhokama qilish hech qanday natija bermadi.
AQSh va Turkiya prezidentlari yadroviy xavfsizlik bo`yicha sammitda uchrashishdi. Avvaliga Oq uyda Obamaning Erdo`g`on bilan uchrashishga vaqti yo`qligini bildirishdi. Keyinroq esa Obama hamkasbi bilan uchrashishga bir necha daqiqa vaqt ajratdi.
Uchrashuv muvaffaqiyatli o`tdi, biroq undan so`ng ikki rahbar o`rtasidagi munosabatlarda yana sovish kuzatildi. Erdo`g`on ketganidan so`ng Obama jurnalistlarga Turkiyadagi ayrim yo`nalishlar rivojlanishi, xususan inson huquqlari bilan bog`liq ahvol uni xavotirga solayotganini bildirdi. Erdo`g`on esa bunga javoban hamkasbining “orqadan gapirganini” aytib, xafa bo`ldi.