AsosiySport

O`zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC'dagi ilk mag`lubiyatini qabul qilib oldi

'O`zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC'dagi ilk mag`lubiyatini qabul qilib oldi'ning rasmi

O`zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-7) Toshkent vaqti bilan 29-avgust tongida UFC Vegas 35 musobaqasida navbatdagi jangini o`tkazdi.

Murodovga AQSh vakili Jerald Mirshert (33-14) raqib bo`ldi. Jangning dastlabki raundi Murodovning katta ustunligida o`tdi. Biroq ikkinchi raundda Mirshert o`zbekistonlik yakkakurashchiga bo`g`ish usulini qo`lladi va Mahmud muddatidan avval imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Shu tariqa Murodov UFC`dagi ketma-ket uchta g`alabadan keyin ilk mag`lubiyatini tan oldi.

Boshqa yangiliklar