AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda IIB xodimiga qarshilik ko`rsatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Qashqadaryoda IIB xodimiga qarshilik ko`rsatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Chiroqchi tumanida profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko`rsatib qonuniy talablarini bajarmasdan profilaktika inspektorining egnidagi xizmat kiyimini tortib yirtgan fuqaroga nisbatan Chiroqchi tuman prokraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko`ra, 2021 yil 28 avgust kuni soat 11:00larda Chiroqchi tumani IIB 4-son IIB XPG profilaktika inspektori leytenant B.Ko`paysinovga bozorga kelgan “Mirzato`p” MFYda yashovchi fuqaro X.J qo`ng`iroq qilib, Chiroqchi tumani Mirzatup qishlog`ida joylashgan, xaftaning xar shanba kuni bo`ladigan “Uyshun” dexqon bozorida ikkita fuqaro o`zaro janjallashayotganligini aytib murojaat qilgan.

  Shundan so`ng ushbu bozorda xizmat olib borayotgan xududiy profitlaktika inspektori leytenant B.Ko`paysinov holat bo`layotgan joyga borganida Chiroqchi tumani Uyshun qishlog`ida yashovchi fuqaro B.D Chiroqchi tumani Arabbandi qishlog`ida yashovchi fuqaro O.B bilan o`zaro og`zaki tortishib janjallashib B.D janjal vaqtida O.B.ni yuz sohasiga urib tan jaroxati etkazgan.

Ushbu bozorda profilaktik ishlarni olib borayotgan profilaktika inspektori leytenant B.Ko`paysinov ushbu fuqarolarni oldiga borib ularni tinchlantirmoqchi bo`lganida fuqaro O.B profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko`rsatib, o`zini fuqarolar oldida nosamimiy tutib, IIB hodimining qonuniy talabiga buysunmasdan profiliktika inspektorini xaqorat qilib, egnidagi xizmat kiyimini tortib yirtib, unga tan jaroxati etkazgan. 

Xolat bo`yicha fuqaro O.B mastlik bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazilganida mastlik xolati aniqlandi.

Mazkur xolat yuzasidan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan O.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Ayni paytda Chiroqchi tuman prokraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar