AsosiyJamiyat

Aziz Abidov qasddan badanga shikast etkazganlik uchun belgilangan jazo turlari haqida ma`lumot berdi

'Aziz Abidov qasddan badanga shikast etkazganlik uchun belgilangan jazo turlari haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

AOKAda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda qasddan badanga shikast etkazganlik uchun belgilangan jazo xususida batafsil axborot berildi.

Jinoyat kodeksining 104-109-moddalarida badanga shikast etkazganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismida sog`liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo`lmagan muddatga yo`qolishiga olib kelmagan qasddan badanga engil shikast etkazganlik uchun agar o`sha harakatlar ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, jinoiy javobgarlik belgilangan.  

Qasddan badanga shikast etkazish deganda, inson organlari yoki organizmi to`qimalari anatomik to`kisligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqi ta`sir oqibatida buzilishi nazarda tutiladi.

Badanga shikast etkazilgan har bir holatda sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanishi va o`tkazilishi shart.  

Agar aybdorning harakatlari jabrlanuvchining sog`ligi qisqa vaqt, ya`ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko`p bo`lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo`lmagan muddatga yo`qotilishiga sabab bo`lsa, Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqaradi.  

Ayni harakat bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashga sabab bo`ladi.

Mehnat qobiliyatini uncha uzoq bo`lmagan muddatga yo`qotish esa umumiy mehnat qobiliyatining o`n foizini yo`qotishdan iboratdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar