Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakat aholisiga “Mustaqillik Kuni” tabrigini yo`lladi.
"Jonajon O`zbekistonning qadrli fuqarolari, Aziz qardoshlarim,
O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini eng samimiy tuyg`ularim bilan muborakbod etaman. O`zbekiston Davlatining mustaqilligini tan olgan birinchi davlat bo`lgan Turkiya Respublikasi o`z davlati va xalqi bilan O`zbekiston Respublikasining mustaqillik sevinchini har yili g`urur ila o`rtoqlashmoqda, o`zbek xalqining tinchlik va huzur ichra har yili tobora farovon, yanada baxtli yashashini qardoshlikka tayanuvchi sevinch bilan kuzatib bormoqda.
Mushtarak tarih, til va madaniyat rishtalariga ega bo`lganimiz do`st va qardosh O`zbekiston bilan “Azaliy qardoshlik va abadiy hamkorlik” tamoyilida strategik sheriklik darajasiga etgan munosabatlarimizda qisqa vaqt mobaynida bosib o`tilgan masofadan bag`oyat mamnunmiz.
Mustahkam siyosiy, iqtisodiy va madaniy poydevor asosida taraqqiyot va islohot siyosatlari muvaffaqiyat bilan hayotga tatbiq etilayotgan Yangi O`zbekistonning 30 yilligi bilan tabriklab turishdan juda xursand bo`lib, g`urur his etmoqdamiz.
Mustaqillik Bayramingiz Muborak Bo`lsin!
Osmoningiz musaffo, Yurtingiz tinch, Xalqingiz Omon bo`lsin!" - deyiladi Elchi janoblarining samimiy tabrigida.