Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi o`z sahifasida iPhone ekranidan skrinshotni e`lon qildi. Mazkur skrinshotdagi surat bir qarashda oddiy boshqotirma bo`lib ko`rinadi. Post muallifi ekrandagi 3 soni nechtaligini so`ragan. Minglab foydalanuvchilar boshqotirma javobini topishga kirishib ketdi.
Ma`lum bo`lishicha, surat muallifi unga “Bahs boylayman, to`g`ri javobni hech kim topa olmaydi”, deya izoh qoldirgan. Boshqotirmaning murakkabligi ekranning turli qismlarida bir nechta 3 soni borligida.
Telefondagi 3 sonidan tashqari uning ekranida soat va quvvat qancha qolganini ko`rsatib turadigan foizlarda ham 3 sonini ko`rish mumkin. Bundan tashqari topish unchalik oson bo`lmaydigan joylarga ham 3 soni joylashtirilgan. Barcha hisob-kitoblardan keyin foydalanuvchilarning fikri turlicha bo`ldi. Ayrim foydalanuvchilarning fikricha, tasvirdagi 3 lar soni 15 ta, boshqalar esa ularning 19 ta ekanligini ta`kidlamoqda. Yana bir guruh foydalanuvchilar esa suratda 21 ta 3 sonini ko`rganini aytmoqda. Foydalanuvchilar 3 sonini sanab bosh qotirayotgan bir paytda, boshqalar mazkur suratlarni boshqa tarmoqlarda tarqatib, uning javobini topishda do`stlaridan yordam so`ragan. Shu tariqa mazkur boshqotirma virusdek butun internet bo`ylab tarqaldi.
To`g`ri javobni hozirga qadar hech kim topa olmagan. Suratga 80 ming nafar foydalanuvchi “layk” bosgan.