Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlaridan kelayotgan xushxabarlar davom etadi. Hozirgina para-engil atletikaning F12 klassida ayollar o`rtasida yadro uloqtirish bo`yicha final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo`lga kiritdi. Ta`kidlash kerakki, bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi. Ikkinchi o`rin italiyalik Assunta Legnatega (14.62) nasib etgan bo`lsa, meksikalik Rebeka Alvares (13.72) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Eslatib o`tamiz, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o`yinlarida kumush medalini qo`lga kiritgan edi. Shu tariqa delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 17 taga etdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.