AsosiyJamiyat

​​Qashqadaryoda tug`ilgan 3 egizakka Prezidentdan ruxsat olib, Ziroatxon, Saida va Shahnoza ismlari qo`yildi

'​​Qashqadaryoda tug`ilgan 3 egizakka Prezidentdan ruxsat olib, Ziroatxon,  Saida va Shahnoza ismlari qo`yildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanidagi Xazratovlar oilasida uch egizak farzand tug`ildi, deb xabar bermoqda NasafNews.

Ma`lum qilinishicha, tumanning «G`ozliq» mahallasi Qo`tontepa qishlog`ida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushaeva oilasida 3 nafar egizak qizaloq dunyoga kelgan.

Qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31 avgust kuni Toshkent shahridagi Perinatal markazda tug`ilgan.

E`tiborlisi, ularga Prezident Shavkat Mirziyoevning oila a`zolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qo`yilgan. Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada Prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.

    Boshqa yangiliklar