Bugun soat 17:12 da O`zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etildi.
«Toshkent» seysmomarkazining xabar berishicha, zilzila epimarkazi Shahrisabz va Kitob shaharlari o`rtasida bo`lgan. Epimarkazda zilzila magnitudasi 5,2 tashkil qildi.
Er osti silkinishlari kuchi Qarshi va Samarqandda 3-4 ballni, Jizzahda 3 ball, Termiz va Navoiyda 2 ballni tashkil qildi.
Poytaxtda zilzila sezilmadi.





