Buxoroda 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol qo`lga olindi.
Ma`lum bo`lishicha u O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurgan.
Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2006 yilda qidiruv e`lon qilingan.
Buxoro tumani Gala Osiyo shahri Oybek ko`chasi 12-uyda ro`yxatda turuvchi, 1977 yilda tug`ilgan R.S. ismli ayolni ushlash yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, 15 yildan so`ng uning O`zbekiston Respublikasiga kelishi ta`minlanib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo`lga olinib, jazoning muqarrarligi ta`minlangan.