AsosiyJamiyat

Toshkentda 19 yoshli fuqarodan geroin topildi

'Toshkentda 19 yoshli fuqarodan geroin topildi'ning rasmi

23-avgust kuni taxminan soat 20.00 da Chilonzor tumanida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida xatti-harakatlari shubha uyg`otgan 19 yoshli Orazali J. to`xtatildi. Tekshiruv davomida uning yonidan 6,01 gr. “geroin” topildi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bo`yicha (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar