AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tez yordam brigadalari soni 2 685 taga etdi

'O`zbekistonda tez yordam brigadalari soni 2 685 taga etdi'ning rasmi

Shoshilinch tibbiy yordam tizimi (ShTYoT) sog`liqni saqlash sohasidagi eng yirik va o`ta kuchli ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma hisoblanib, so`nggi 4-5 yil ichida viloyat va tumanlardagi ixtisoslashgan markazlar filiallari va bo`limlardan iborat mazkur yo`nalishda aholi salomatligini asrash, ularga sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Natijada aholiga bepul uzluksiz tez tibbiy yordam ko`rsatish xizmati sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko`tarildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot kotibi.

 O`zbekistonda 205 ta aholi punktida RShTYoIMning subfiliallari – shoshilinch tibbiy yordam bo`limlari, 1600 dan ortiq tez tibbiy yordam shoxobchalari faoliyat yuritmoqda.

Bilamizki, to`rt-besh yil avval mamlakatimizda tez tibbiy yordam xizmati sifati anchayin nochor holda edi. O`sha vaqtlarda mazkur soha tibbiyotning eng ko`p tanqidga uchraydigan, aholining jiddiy va haqli e`tirozlariga sabab bo`ladigan tizimi bo`lgan.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur tizimga qaratilgan  e`tibor natijasida bugungi kunda “Tez yordam” tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun 6 500 so`m mablag` ajratilmoqda. Bu raqam 2016 yilda atigi 500 so`mni tashkil qilgan . Shu bilan birga, “Tez yordam” shaxobchalari 800 tadan 1 666 taga, tez tibbiy yordam brigadalari 1 890 tadan 2 685 taga etdi.

Shuningdek, bundan 4-5 yil avval tez tibbiy yordam brigadalarining manzilga kechikib borishi, mashinalar, yonilg`i va dori-darmonlar etishmasligi odatiy xol bo`lgan. E`tiborlisi, bugungi kunda mazkur soha mutlaqo yangi innovasion, sifat jihatdan yuksak, barcha xalqaro talablarga to`liq javob beradigan tizimga aylandi.

Jumladan, bundan to`rt yil avval yurtimiz “Tez yordam” xizmatida bor yo`g`i 24 ta reanimobil bo`lgan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 435 taga ko`paytirilgan. Buning natijasida tez tibbiy yordamning kechikishlari 10-12 foizdan 1-2 foizgacha kamaygan. Chaqiriqlarga etib borish vaqti shaharlarda o`rtacha 25-30 daqiqadan 10-15 daqiqagacha qisqargan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar