1

Kun hikmati

Mutolaa 06.04.2016, 12:40
Kun  hikmati

Eng qiyini o`zingni anglay bilishingdir.

Fales

Kishi o`zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat faoliyatda anglashi mumkin. O`z burchingni ado et, o`sha zahoti o`zingni anglaysan.

Gyote

Kishi o`z qobiliyatlarini amalda tatbiq etgan taqdirdagina bilishi mumkin.

Seneka

Ko`zga tashlanib turmagan saxovatni hech kim axtarib o`tirmaydi.

Balzak

Burchingni unutma, u birdan-bir dil navosidir. Burchsiz hayot ham, ehtiros ham yo`q.

Blok

O`z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi.

Siseron

O`z burchini sidqidildan ado etgan odam o`z quvonchi bilan o`zini mukofotlaydi va birovlarning maqtovi, izzat-ikromi, minnatdorchiligiga ham zor bo`lib o`tirmaydi.

Labryuyer

Burch va nomus yo`lini hech vaqt tark etmang, bu bizni baxtga erishtiradigan yagona yo`ldir.

Buffon

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1