1

Toshkentdagi Inxa universiteti ingliz tilidan imtihon olmaydi

Jamiyat 06.04.2016, 14:55
Teglar: Universitet, Ta`lim, Talaba
Toshkentdagi Inxa universiteti ingliz tilidan imtihon olmaydi

Toshkentdagi Inxa universiteti 6 aprel kuni 2016-2017 o`quv yillarda talabalarni qabuliga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazdi.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti statistikasining ko`rsatishicha, abiturientlar universitetga hujjatlarini so`nggi kunlarda, ya`ni qabul komissiyasi o`z ishini yakunlashiga bir necha kunlar qolgandagina topshirishadi. 

Ko`pincha bu ishni lisey yoki kollejni bitirgandan so`nggina amalga oshirishadi. Natijada, ularning ko`pchiligi IELTS yoki TOEFL iBT dan bo`ladigan imtihonlarga ro`yxatdan o`tishga ulgurmay qolishadi. 

O`tgan yili, IELTS imtihonlariga ro`yxatdan o`tishga kechikib qolgan shunday abiturientlar uchun Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan ingliz tilidan uchta imtihon tashkil etildi. 2016 yilda bunday imtihonlar o`tkazilmaydi.

Buning o`rniga qo`shimcha ravishda 2 ta IELTS imtihonlari o`tkaziladi. Shuning uchun, bitiruv diplomini olishni kutib o`tirmay, Toshkent shahridagi INXA universitetiga kelib, 2016 yilning 15 apreliga qadar birinchi imtihon uchun va 2016 yilning 16 mayiga qadar ikkinchi imtihon uchun IELTS imtihonlariga ro`yxatdan o`tish lozim. Buning uchun pasport va o`qish joyidan ma`lumotnomaning o`zi kifoya. Imtihon topshirish uchun joylar cheklangan.

«O`zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilayotgan  IELTS bo`yicha ikkita yopiq imtihonlar, IELTS sertifikatini qo`lga kiritish uchun so`nggi imkoniyat hisoblanadi, sababi Britaniya Kengashining ma`lumotlariga ko`ra, IELTS imtihonlari uchun barcha muddatlar avgust oyigacha band qilingan», - qayd etdi Toshkent shahridagi Inxa universitetining qabul bo`limi boshlig`ining o`rinbosari Ruxsora Rahmatova. 

Faqatgina ingliz tilidan sertifikatlarni o`z vaqtida topshirgan abiturientlar quyidagi imtihonlarga qo`yiladi: 

- matematika va fizikadan  Kompyuter va Dasturiy injiniring uchun: Academic IELTS 5.0 balldan yoki TOEFL iBT 50 balldan kam bo`lmagan holda;

- matematikadan Logistika uchun: Academic IELTS 6.0 balldan yoki TOEFL iBT  75 balldan kam bo`lmagan holda.

Kirish imtihonlari 2016 yil 29 iyul kuni o`tkaziladi. Hujjatlarni qabul qilish universitetning (www.inha.uz) saytida amalga oshirilmoqda. Eslatib o`tamiz, sayt orqali maxsus so`rovnomani to`ldirgandan keyin, quyidagi zarur hujjatlarni elektron tarzda yuborish kerak: pasport, akademik lisey yoki kasb-hunar kollejini bitirganligi to`g`risida diplom, IELTS yoki TOEFLiBTimtihonlarini topshirganligi to`g`risida sertifikat, 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat. Hujjatlar 2016 yil 14 iyul soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Sharhlar

2022 yildan boshlab "Mirzo Ulug`bek vorislari" respublika tanlovi o`tkaziladi

22.01.2022, 11:21

2022 yildan boshlab har yili «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi o`tkaziladi.Tanlovni o`tkazishda:I bosqich fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o`tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har...
Talabalarga temir yo`l chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

25.12.2021, 21:07

Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50...
Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

16.12.2021, 08:37

Avvalroq talabalar kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan edik. Unga ko`ra, to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar mumkin etib qo`yildi.Shuningdek, Oliy...
Hindiston O`zbekiston ta`lim sohasi uchun 448 mln. dollar ajratadigan bo`ldi  

14.12.2021, 08:35

Bu haqda  O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari va Hindistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhatlarning uchrashuvida ma`lum qilindi.O`zbekiston investisiyalar va tashqi savdo vazirligining xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1