AsosiyDunyo

Moskvada o`lik holda topilgan o`zbekistonlik yigit yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

'Moskvada o`lik holda topilgan o`zbekistonlik yigit yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida o`lik holda topilgan, 1990 yilda tug`ilgan o`zbekistonlik mehnat migranti haqida tarqalgan xabarlar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi tomonidan o`rganilmoqda.

Xususan, vafot etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Uning yaqin qarindoshlari bilan aloqa o`rnatilib, jasadni O`zbekistonga qaytarish bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek, Rossiyaning huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan aloqalar o`rnatilib, mazkur hodisa nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar