AsosiyDunyo

Ashraf G`ani Afg`oniston xalqidan kechirim so`rab chiqdi

'Ashraf G`ani Afg`oniston xalqidan kechirim so`rab chiqdi'ning rasmi

Afg`onistonning sobiq prezidenti Ashraf G`ani afg`on xalqidan mamlakatni tark etgani va mamlakatni toliblar tomonidan bosib olinishi bilan bog`liq vaziyatni o`zgartira olmagani uchun kechirim so`radi. U o`z bayonotini tvitterdagi sahifasida joylashtirgan.

"Afg`oniston xalqidan bularning barchasini boshqacha hal qila olmaganim uchun uzr so`rayman. Afg`on xalqiga bo`lgan sadoqatim mustahkam va meni umrim davomida boshqaradi", – deyiladi bayonotda.

Sobiq prezident Kobuldan ketish uning hayotidagi eng qiyin qaror ekanligini ta`kidladi, lekin u bu qon to`kilishining oldini olishning yagona yo`li ekanligiga ishondi.

"Men qurol ishlatishning oldini olish va Kobulni va uning 6 million aholisini qutqarishning yagona yo`li shu deb qaror qildim", - tushuntirdi G`ani.

"Mening rahbarligim oldingi hamkasblarim kabi bir xil - fojia bilan tugaganidan qattiq afsusdaman, barqarorlik va farovonlik ta`minlanmadi. Hamma narsani boshqacha hal qila olmaganim uchun afg`on xalqidan uzr so`rayman», - dedi u o`z bayonotida.

Ashraf G`ani afg`on xalqiga tegishli millionlab dollarlarni o`zi bilan olib ketgani haqidagi ma`lumotni yana bir bor rad etdi.

"Bu ayblovlar mutlaqo yolg`on. Korrupsiya - bu o`nlab yillar davomida mamlakatimizni cho`ktirib yuborgan vabo va korrupsiyaga qarshi kurash mening prezidentlik faoliyatimning asosiy yo`nalishi bo`ldi", - dedi Afg`oniston sobiq prezidenti.

Boshqa yangiliklar