AsosiySport

Qozon - 2021: O`zbekistonlik sportchilar muay-tay bo`yicha 8 medalni qo`lga kiritdi

'Qozon - 2021: O`zbekistonlik sportchilar muay-tay bo`yicha 8 medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

8 centyabr kuni Tatariston Respublikasining Qozon shahridagi Birinchi MDH o`yinlari doirasida muay-tay bo`yicha final bahslari bo`lib o`tdi. Unda 9 nafar yurtdoshimiz qatnashib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi.  

Hamyurtimiz Faxriddin Xasanov 57 kg vazn toifasida barcha raqiblarini engib, oltin medalni qo`lga kiritdi va Muay-tay bo`yicha MDH o`yinlari g`olibi deya e`tirof etildi.

Yana bir O`zbekiston vakili Parviz Abdullaev 63,5 kg vazn toifasida kumush medal sovrindori bo`ldi.  

Davlatshox Shamsiev (60 kg), Raximjon Boltaboev (67 kg), Karimjon Karimov (71 kg), Azizbek Madaminov (75 kg), Shaxramxon Xasanxonov (81 kg) va Ismatilla Ismatillaev (91 kg) esa uchinchi o`ringa munosib ko`rilib, bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar