Bugun, 9 sentyabr kuni Tatariston Respublikasining Qozon shahrida bo`lib o`tayotgan dyuzdo bo`yicha final bahslarida o`zbekistonlik Muzaffarbek Turoboev oltin medalni qo`lga kiritdi.
Hamyurtimiz 100 kg vazn toifasida rossiyalik Lev Sarkisyanga qarshi bellashdi va raqibini engib, birinchi o`rinni egalladi.
Eslatib o`tamiz, bundan oldingi final bahslarida shuningdek yurtdoshlarimiz Halimajon Qurbonova va Shukurjon Aminovalar ham raqiblari ustidan g`alaba qozonib, oltin medalni qo`lga kiritshgani haqida xabar bergan edik.