Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Voqea 7 sentyabr kuni soat 17:10 atrofida Bog`ishamol qishlog`ida sodir bo`lgan. 2016 yilda tug`ilgan T.Sh. velosipedi bilan mahalla hududida ish jarayonini o`tkazayotgan asfalt yotqizish mashinasi orqa tomoniga yaqinlashgan. Haydovchi orqaga qarab harakatlangan paytida bola mashina bilan to`qnashib, yiqilgan va mashina ostida qolib ketgan.
Natijada, bola voqea joyida vafot etgan. Holatga haydovchining beparvoligi, ish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani, haydovchi oldida uni ogohlantirib turishi kerak bo`lgan yordamchilarning yo`qligi sabab bo`lgan.
Holat yuzasidan og`ir texnika vositasi tegishli bo`lgan firma rahbariga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 147-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma tuzilgan