AsosiyDunyo

Xitoylik qo`lsiz paralimpiyachi to`rtta “oltin” olib dunyoni haytratga soldi

'Xitoylik qo`lsiz paralimpiyachi to`rtta “oltin” olib dunyoni haytratga soldi'ning rasmi

“Qo`lsiz suzuvchi” laqabli 30 yoshli Chjen Tao Tokio Paralimpiadasida to`rtta oltin medalni qo`lga kiritdi.

U 50 metrga batterflyay, 50 metrga erkin usulda suzish va 50 metrga chalqancha, shuningdek, estafeta poygasi 4x50 metrga erkin usulda suzishda jahon chempioni va Xitoy milliy qahramoniga aylandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Uning individual g`alabalari ham hattoki imkoniyati cheklangan sportchilar uchun jahon rekordiga aylangan.

Chalqancha suzishda g`alaba qozonganidan keyin uning ikki yoshli qiziga yozgan video-xabari ijtimoiy tarmoqlarda “xit”bo`ldi: “Qizim, menga qara-men juda tez suzaman, garchi qo`llarim bo`lmasa ham!”

“Men bor kuchimni berdim, chunki bu mening Paralimpiada-2020dagi so`nggi chiqishim edi. Bu mening hayotimdagi eng yaxshi suzish!” - dedi u musobaqadan so`ng jurnalistlarga qarata.

Ma`lumotga ko`ra, Chjen Tao bolaligida elektr toki urishi oqibatida ikkala qo`lidan ayrilgan.

Boshqa yangiliklar