1

Toshkentda "O`zbekiston nodir qo`lyozmalari" turkumidan faksimile nashrlar ko`rgazmasi o`tkaziladi

Madaniyat 10.09.2021, 13:28
Toshkentda "O`zbekiston nodir qo`lyozmalari" turkumidan faksimile nashrlar ko`rgazmasi o`tkaziladi

“O`zbekiston madaniy merosi – Yangi renessans poydevori” V xalqaro kongressi doirasida International Hotel Tashkent mehmonxonasida qadimiy – Mirzo Ulug`bekning “As-Sufiy” qo`lyozmasi faksimile nusxasi jamoatchilikka taqdim etiladi.

Mazkur faksimile nusxa O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati tomonidan Avstriyaning “Mueller&Shindler” nashriyot uyida chop etilgan. Shu munosabat bilan “O`zbekistonning nodir qo`lyozmalari” ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Unda O`zbekistonda, umuman Markaziy Osiyo hududida yaratilgan eng nodir qo`lyozmalar taqdim etiladi. Ko`rgazmada “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar namoyish qilinadi.

Shuningdek, Ekspozisiyadan zaminimizdan etishib chiqqan olimlar va shoirlar, buyuk mutafakkirlar asarlarining eng nodir namunalari o`rin olgan

Mazkur loyiha doirasida dunyoning eng yirik kutubxonalari va muzeylarida saqlanayotgan, O`zbekiston madaniy merosi xazinasidan joy olgan bir qator qo`lyozmalarning faksimile nusxalari yaratilib, yurtimizga olib kelindi. Ular orasida “Zafarnoma”, “Me`rojnoma”, “Devoni Husayniy”, “Katta Langar Qur`oni” singari kitobat san`atining noyob durdonalari bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1