Aktrisa Dilnoza Kubaeva kino sohasida hech qanday bilim va mahorati bo`lmaganlar bilan ishlashdan bosh tortishini ma`lum qildi.
“Bekajon” gazetasi muxbirining “Kelganda kelin” filmida kinoda ilk marotaba rol ijro etayotgan Dilniyoz G`affarov bilan birga suratga tushgani haqidagi savoliga esa:
“Dilniyoz aktyor uchun kerak bo`ladigan mahoratni ozmi ko`pmi o`zlashtirgan edi. Shaxsan men uchun u aktyor bo`lib aktyor, xonanda bo`lib, xonanda emas. Lekin uni yaxshi ijodkor deb tan olaman”,—deya javob berdi aktrisa.