AsosiyJinoyat

Kogon tumanida profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Kogon tumanida profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi.  Bu haqda  Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Unda, 10-sentyabr kuni taxminan soat 14:30larda Kogon tumani IIB profilaktika inspektoriga, Shofirkon tumani, “Chandir” mahallasida yashovchi, 1969-y.t.B.B. ismli shaxs o`zga bir fuqaroning arizasini oqibasiz qoldirib, to`plangan hujjatlar yuzasidan qonuniy chora ko`rmaslik evaziga 100 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan B.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar