1

Kun hikmati

Mutolaa 07.04.2016, 14:41
Kun  hikmati

Ishonmagil maddoh, so`zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.

Sa`diy

Hammani maqtaydigan odamga ishonma.

Kollinz

Firibgarlik bilan tilyog`lamalik – tug`ishgan og`a-inilardir.

Linkoln

Buyuk kishilar hech qachon xushomad qilmaydilar, xushomad-mayda odamlarning ishi, ular o`zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.

Balzak

Faqat pastkash odamgina oldingda maqtab, orqangdan g`iybat qiladi.

Pifagor

Etti boshli ajdardan emas, tilyog`lama odamdan qo`rq.

Qobus

Xushomadgo`y - dushmandan yomon.

Tasit

Biz huquqlarimiz to`g`risida gapirgan odamlarni mamnuniyat bilan eshitamizu, ammo burch-majburiyatlarimizni eslatganlarni esa uncha xush ko`rmaymiz.

Bork

Sirkadan ko`ra asalda pashsha ko`proq o`ladi.

Lafonten

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1