AsosiyDunyo

Buyuk britaniya hukumati Angliyada emlanganlik haqida pasportni joriy etishdan bosh tortdi

'Buyuk britaniya hukumati Angliyada emlanganlik haqida pasportni joriy etishdan bosh tortdi'ning rasmi

Shotlandiyada 1 oktyabrdan boshlab ushbu pasportdan foydalanish majburiy bo`ladi. Buyuk Britaniya hukumati Angliyada koronavirusga qarshi emlash pasportini joriy qilmaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash vaziri Sajid Javid ma`lum qildi, deya xabar berdi TASSga tayanib OAV.Uz.

Ma`lum qilinishicha, pasport shu oy oxirida Buyuk Britaniya aholisining 80 foizidan ko`prog`i yashaydigan Angliyada joriy etilishi, tungi klublar hamda ommaviy tadbirlarga yo`llanma bo`lishi kerak edi. Biroq bu tashabbus mahalliy qahvaxona egalari va ayrim deputatlar tomonidan tanqid qilinib, taklifda kamsitish belgilariga ishora qilingan.  

Ma`lumot uchun, avvalroq O`zbekistonda emlanganlik haqida soxta sertifikatdan foydalanganlik uchun javobgarlik ma`lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar