6 aprel kuni britaniyalik lotereya o`yini ixlosmandi mamlakat lotoreyasi tarixidagi eng katta jekpot – 35,1 million funt sterlingni qo`lga kiritdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
“Bu mablag` haqiqatan ham yutuq egasining hayotini tubdan o`zgartirib yuboradi”, – dedi lotereya o`yini tashkilotchilaridan biri. Hozircha g`olibning ismi-sharifi e`lon qilinmagan. 5 ta raqamni topgan 35 odamning har biri 1,9 ming funt sterlingdan iborat yutuqni qo`lga kiritgan.
2016 yilning yanvar oyida Buyuk Britaniyalik yana bir ayol barcha raqamlarni topib, 33 million funt sterling yutuq egasiga aylangan edi. Ammo ayolning saranjom-sarishtaligi unga baxt olib kelmadi, jinsi shimining cho`ntagida turgan lotereya biletini shim bilan birga yuvib yuborgani uchun biletning seriya raqami, shtrix-kodi va muddati o`chib ketgan. Hozirda surushtiruv ishlari olib borilayotgani bois biletning haqiqiyligi joriy yilning iyul oyida ma`lum bo`ladi.
Britaniya milliy lotereyasiga 1994 yilda mamlakat bosh vaziri Jon Meyjor tomonidan asos solingan bo`lib, davlat va Men oroli tomonidan moliyalashtirilgan. Yutuqdan soliq olinmaydi va bir yo`la to`lanadi. O`yin qoidasiga ko`ra, 1 dan 49 gacha raqamlangan sharlardan oltitasi tasodifiy tarzda tushadi. Shardagi raqamlarni topgan o`yinchilar g`olib deb hisoblanadi. Agar bu raqamlarni bir necha kishi topsa, yutuq ularning o`rtasida teng bo`linadi.