Moskva viloyatida pensionerni zo`rlash va o`ldirishda gumon qilingan ikki nafar migrantga nisbatan ayblov e`lon qilindi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, kuni kecha Sergiev Posad yaqinidagi o`rmonda 67 yoshli ayolning jasadi zo`ravonlik belgilari bilan topilgan.
“Issiq izlar” bo`yicha ikki nafar migrant qo`lga olingan. Mahalliy hokimiyat ma`lumotiga ko`ra, ular Tojikiston fuqarolari. Qotillik sodir etilgan Bujaninovo qishlog`ining aholisi yig`ilib, gastarbayterlar yashaydigan yotoqxonani yopishni talab qilishgan.
Moskva viloyati tergov organlari qo`shni davlatlarning 2 nafar fuqarosiga ayblov qo`ydi.
Voqea joyi ko`zdan kechirildi, jinoyat sodir etilgan vaqtda erkaklarning ustida bo`lgan kiyimlar olib qo`yilgan. Ayblanuvchilardan ekspertiza uchun biologik namunalar olingan. Sud-tibbiy, genetik, barmoq izlari, psixologik va psixiatrik ekspertizalar tayinlandi, guvohlar so`roq qilingan.