AsosiyJamiyat

2016 yilning I choragida elektron auksion savdolarda 88 milliard so`mlik bitimlar tuzildi

Milliy matbuot markazida Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan elektron savdolarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokini kengaytirishga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. 

Ilk bor 2011 yilda o`tkazilgan davlat xaridlari bo`yicha elektron auksion savdolarda 166 milliard so`mlik bitimlar tuzilgan. Bunda kichik biznes sub`ektlarining ulushi 89 foizni tashkil etgan. Joriy yilning birinchi choragida 88 milliard so`mlik bitimlar tuzilib, ularning 99 foizi kichik biznes vakillari ulushiga to`g`ri kelgan. Kichik biznes vakillari ko`proq qurilish mollari, suyultirilgan gaz, polietilen xarid qilib, katta hajmlarda oziq-ovqat, neft-kimyo va yog`-moy mahsulotlari sotgan. 

2011-2015 yillar mobaynida «D-xarid» elektron tizimida faol bo`lgan kichik biznes sub`ektlari 5 mingdan 38 mingtaga ko`paydi. Ilgari axborot portaliga joylashtirilayotgan bir talabnomaga ikkita etkazib beruvchi taklif bildirgan bo`lsa, mamlakatimizda kichik biznes va sog`lom raqobat rivojlangani samarasida bugun ular o`rtacha to`qqiztani tashkil etmoqda. 

– Elektron savdolarda qatnashayotgan kichik biznes vakillari safi tobora kengayib bormoqda, – deydi Respublika tovar-xomashyo birjasi bosh mutaxassisi Jasur Yunusov. – Axborot portalimizdan har kuni foydalanayotganlar soni 2 mingdan 6 mingtaga ko`paydi. Ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida portalda "Pul mablag`larini qaytarish", "Huquqiy maslahat", veb-sayt foydalanuvchisi harakatlarini ovoz bilan izohlash kabi interaktiv xizmatlar, mijozlarning shaxsiy kabinetlari, "Kalkulyator" kabi funksiyalar yo`lga qo`yildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirok etishlari uchun byudjet tashkilotlarining amaldagi talabnomalariga obuna bo`lish imkoni yaratildi. "Yagona darcha" markazlari bilan samarali hamkorlik o`rnatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar