AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Chevrolet Onix" avtomobili sotuvga chiqqani rad etildi

'O`zbekistonda "Chevrolet Onix" avtomobili sotuvga chiqqani rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Onix avtomobili sotuvga chiqdi” nomli xabarlar keng tarqaldi.

O`zavtosanoat ushbu xabarni asossiz ekanini ma`lum qilmoqda.

Kompaniya axborot xizmati xabar berishicha, bugungi kunda sotuvda mavjud bo`lgan avtomobillar ro`yxati bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishish mumkin.

Ma`lum bo`lishicha, Chevrolet Onix avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan o`rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning iyul-avgust oyida olib borilgan.

Tarqalgan videoda aytilganidek yonilg`i sarfi 8 litrli emas, aksincha sezilarli darajada tejamkor 6 litrgacha bo`ladi, deyiladi  axborotda.

Boshqa yangiliklar