Sergeli tumanida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.
Sergeli tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “F.F.” xususiy korxonasi rahbari J.R. fuqaro B.ga 1 dona “Tropikamid” va 2 dona “Zardeks” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini jami 145 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, korxonaga qarashli dorixonadan tegishli hujjatlari bo`lmagan 378 dona “Zardeks”, 165 dona “Regapen”, 21 dona “Selofen”, 20 dona “Tropikamid” va 11 dona “Galara Pregabalin” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.